Siyosat

Biz “xalq diplomatiyasi”da birgalikda erishilgan natijalarni ijobiy baholaymiz — Shavkat Mirziyoyev

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 17 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tdi.

Biz “xalq diplomatiyasi”da birgalikda erishilgan natijalarni ijobiy baholaymiz — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan majlisda SHHTga aʼzo davlatlar yetakchilari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi.

 

 

Tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlardan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, faxriy mehmon sifatida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qatnashdi.

 

Shuningdek, tadbirda Shanxay hamkorlik tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ijroiya organlarining rahbarlari ishtirok etdi.

 

 

Sammit kun tartibiga muvofiq, SHHTning o‘tgan 20 yildagi faoliyatining asosiy yakunlari hamda ko‘p qirrali hamkorlikning istiqboldagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida bugungi xalqaro munosabatlarda Shanxay hamkorlik tashkilotining roli oshib borayotganini taʼkidladi.

 

– O‘tgan davrda SHHT xalqaro siyosatning muhim subyektiga aylandi, nufuzli xalqaro tuzilmalar qatorida munosib o‘rin egalladi. “Shanxay ruhi” tamoyillari asosida mintaqaviy sheriklik mustahkamlanib bormoqda. Yangi xatar va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi umumiy salohiyat ortib bormoqda, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligimiz kengaymoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Davlatimiz rahbari ishtirokchilar eʼtiborini SHHT kun tartibida turgan dolzarb masalalarga qaratdi hamda ularni hal etish yuzasidan aniq takliflarni ilgari surdi.

 

– Bugun barchamiz jahonda va mintaqada keskinlik ortib borayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Pandemiyaning salbiy oqibatlari saqlanib qolmoqda. Bularning barchasi bizdan tashkilotimiz doirasida yana-da jipslashishimizni va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimizni talab qilmoqda, – dedi Prezident.

 

O‘zbekiston yetakchisi umumiy xavf-xatar va tahdidlarga o‘z vaqtida va birgalikda javob qaytarish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, SHHT makonida do‘stlikni mustahkamlash va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

 

 

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan xavotir bildirildi. Mamlakatning yangi hokimiyati bilan muloqotni rivojlantirishning aniq prinsiplari taklif etildi. Davlat boshqaruvida afg‘on jamiyatining barcha qatlamidan siyosiy vakillar bo‘lishi, inson, xususan, xotin-qizlar hamda milliy ozchiliklar huquq va erkinliklariga rioya qilinishi shular jumlasidandir.

 

Bu boradagi saʼy-harakatlarni birlashtirish va Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish masalalarini keng muhokama qilish maqsadida Prezidentimiz kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo‘yicha sheriklarni jalb qilgan holda “SHHT – Afg‘oniston” formatida yuqori darajadagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish taklifini bildirdi. Birinchi shunday uchrashuvni Toshkentda o‘tkazish mumkinligi aytildi.

 

 

2021-2022 yillarda SHHTga O‘zbekiston Respublikasi raislik qilishini inobatga olib, davlatimiz rahbari tashkilotning kelgusi davrdagi asosiy ustuvor yo‘nalishlari va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi.

 

SHHT doirasida ko‘p qirrali sheriklikni yana-da kengaytirish maqsadida tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasida Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturni tayyorlash va qabul qilish taklifi bildirildi.

 

 

O‘zbekiston Prezidenti savdo to‘siqlarini bartaraf etish, texnik reglamentlarni yaqinlashtirish, bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda o‘zaro bozorlarga chiqishni yengillashtirishni nazarda tutadigan Mintaqa ichidagi savdoni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

 

 

Tashkilotga aʼzo mamlakatlarning biznes hamjamiyatlari vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish masalalarini har tomonlama ko‘rib chiqish uchun kelgusi yilda O‘zbekistonda SHHT Iqtisodiy forumi va Sanoat yangiliklari haftaligini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

 

SHHT sanoat kooperatsiyasi dasturini tez fursatda qabul qilish hamda aʼzo davlatlar hududida industrial kooperatsiya markazlarini tashkil qilish muhim ekani qayd etildi.

 

O‘zbekiston yetakchisi transport bog‘liqligini rivojlantirish bo‘yicha SHHT strategiyasining qabul qilinishi mamlakatlarimiz tranzit salohiyatini to‘liq ishga solish hamda “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘laklari tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

 

- SHHT makonida infratuzilmaviy taraqqiyot bo‘yicha uzoq muddatli dasturni birgalikda tayyorlash tashabbusini ilgari suramiz. Unga energetika, kommunikatsiyalar, “yashil” taraqqiyot sohalarida transchegaraviy loyihalarni kiritish mumkin, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Kambag‘allikni qisqartirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalarining dolzarb ahamiyatini hisobga olib, O‘zbekiston Prezidenti bu borada vazirlarning uchrashuvlari va ekspertlar maslahatlashuvlarini muntazam o‘tkazish mexanizmini joriy qilish taklifini ilgari surdi.

 

Mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirish maqsadida sammit ishtirokchilarining eʼtibori SHHT makonida ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining uchrashuvlarini qayta tiklash muhim ekaniga qaratildi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev kibermakondagi zamonaviy tahdid va xatarlarga munosib javob qaytarish uchun SHHTning axborot xavfsizligi sohasidagi ekspertlar forumini taʼsis etish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqdi.

 

- Biz “xalq diplomatiyasi”da birgalikda erishilgan natijalarni ijobiy baholaymiz, - deya so‘zida davom etdi Prezidentimiz. – Qo‘shma madaniy, fan-taʼlim, sport va boshqa tadbirlarni faollashtirish maqsadida “SHHT Ezgu niyat elchisi” institutining taʼsis etilishi tarafdorimiz.

 

 

Bundan tashqari, mamlakatlarning turizm sohasidagi hamkorligi to‘g‘risida hukumatlararo bitimni tayyorlash taklifi bildirildi.

 

O‘zbekiston yetakchisi yana bir dolzarb mavzu – yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolash, koviddan keyingi reabilitatsiya sohalaridagi hamkorlik, vaksinatsiya to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olish masalalariga to‘xtaldi.

 

So‘zining yakunida Prezidentimiz uchrashuv ishtirokchilarini 2022 yil sentyabr oyida O‘zbekistonda o‘tadigan SHHTning navbatdagi sammitiga taklif etdi.

 

 

Majlis yakunida SHHTning 20 yilligi bo‘yicha Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilindi, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan 30 ta hujjat imzolandi.

 

 

Bundan tashqari, SHHT Bosh kotibi lavozimiga Chjan Min va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktorligiga Ruslan Mirzayev nomzodlari tasdiqlandi.

 

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha o‘tkazilgan “Shanxay hamkorlik tashkiloti – Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti” formatidagi uchrashuvda ham ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Biz “xalq diplomatiyasi”da birgalikda erishilgan natijalarni ijobiy baholaymiz — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz