Afg‘onistonda ketma-ket portlash sodir bo‘ldi
Afg‘onistonning Nangarxor viloyati Jalolobod shahrida ketma-ket portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, 20ga yaqin kishi jarohatlangan. Bu haqda “INTERFAX.RU” xabar berdi.


Qurbonlarning ikki nafari “Tolibon” harakati aʼzolari. Yaralanganlarning aksariyati tinch aholi vakillaridir.
Bir qator ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, bu “Tolibon”ga qarshi qaratilgan terakt bo‘lishi mumkin.
Portlashlar politsiya bo‘limi va ular nazoratidagi hukumat binosi yonida sodir bo‘lgan.
Hujum ortida kim turgani haqida hozircha hech qanday maʼlumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, G‘azo shahridahi Al-Zaviya bozorida portlash yuz berishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva







