Eng dolzarb

Eron va Tojikistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi yaqin – Eron Prezidenti

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy SHHT doirasidagi tashrifi yakunida Eron va Tojikiston Afg‘oniston masalasida umumiy qarashlarga ega ekanini maʼlum qildi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

Eron va Tojikistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi yaqin – Eron Prezidenti

 

 

“Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan pozitsiyalarimiz o‘xshash. Kelgindilar mamlakatda barqarorlikni taʼminlay olmadi, aksincha, u yana-da chigallashdi. Afg‘oniston uchun eng muhimi – barqarorlik”, degan Raisiy.

 

Uning fikricha, mamlakat taqdirini afg‘onistonliklarning o‘zi hal qilishi kerak. Bundan tashqari yangi tuziladigan hukumat inklyuziv bo‘lishi lozimligi alohida taʼkidlangan.

 

Shuningdek, Eron prezidenti Afg‘onistonda terrorchilarning mavjudligi butun mintaqa uchun xavfli ekanini qayd etgan. Raisiy “Biz terrorizmni rivojlantiradigan va unga yangi kuch beradigan barcha oqim va yo‘nalishlarga qarshimiz”, deb aytgan. Eron yetakchisi Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka faqat muzokaralar vositasida erishish mumkinligini maʼlum qilgan.

 

16-17 sentyabr kunlari Dushanbeda SHHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga aʼzo davlat rahbarlari ishtirok etgan. Sammitda Afg‘oniston masalasi bo‘yicha muhim bayonotlar berildi.

 

Xususan, Panjsher qarshilik kuchlari va “Tolibon” o‘rtasida Tojikistonda muzokaralar o‘tkazilishi maʼlum qilingan. Ushbu jarayonda Tojikiston va Pokiston vositachilik qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini qaytarib berishga chaqirdi. Prezidentning fikricha, bu Afg‘onistondagi gumanitar inqirozning oldini oladi. Mirziyoyev real vaziyatdan kelib chiqib mamlakatning yangi hukumati bilan muloqot o‘rnatish zarurligini taʼkidlagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilganini eʼlon qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Tolibon” vakili doimiy hukumat tuzilishi haqidagi savolga aniq javob bermagani xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Eron va Tojikistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi yaqin – Eron Prezidenti | Zamon.uz