Eng dolzarb

Pentagon Rossiyani AQSH va Yevropa uchun asosiy tahdid sifatida baholadi

Pentagon Rossiyani AQSH va Yevropa uchun asosiy tahdid sifatida baholadi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Pentagon Rossiyani AQSH va Yevropa uchun asosiy tahdid sifatida baholadi

 

 

AQSH mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kol Rossiya  yaqin vaqt ichida Vashington uchun katta muammoga aylanishi mumkinligini aytgan. “Rossiya yaqin yillarda xavfsizlik nuqtai nazaridan AQSH va Yevropa uchun asosiy tahdid bo‘lib qoladi. Moskva tobora hujumkor raqibga aylanib bormoqda. U o‘zining taʼsir doirasini kengaytirish barobarida G‘arb davlatlari o‘rtasida nizo qo‘zg‘ash orqali qo‘poruvchilik vazifasini bajarmoqda”, — degan Kol.

 

Pentagon vakilining fikricha, Rossiyaning Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq, shuningdek, kibermakondagi harakatlari AQSH va uning ittifoqchilari uchun asosiy tahdid hisoblanadi. “Moskva shaffoflikdan tez-tez yiroqlashib, o‘z maqsadlariga erishish uchun harbiy kuchlardan foydalanishdan ham toymaydi. Shu bois AQSH Rossiyaning NATO sharqiy chegaralari va Qora dengizdagi faoliyatini doimiy kuzatib boradi”, — deb qo‘shimcha qilgan Kol.

 

Bundan avval AQSH generali Jon Xayten Rossiya va Xitoy bilan urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini maʼlum qilgan. Shuningdek, AQSH davlat kotibi sobiq yordamchisi Aaron Mitchel Vashingtonning global urushdagi imkoniyatlarini past baholagan edi. 

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Pentagon Rossiyani AQSH va Yevropa uchun asosiy tahdid sifatida baholadi | Zamon.uz