Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi ishida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida videomurojaat bilan so‘zga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi ishida ishtirok etadi

 

Davlatimiz rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etadi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus solgan chuqur demokratik islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib beradi.

 

O‘zbekiston yetakchisining nutqida, muhokamalarning mavzusini hisobga olib, COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini BMT tomonidan eʼlon qilingan «hech kimni ortda qoldirmaslik» prinsipi asosida birgalikda yengib o‘tish masalalariga to‘xtalib o‘tiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, barqaror taraqqiyotni taʼminlash, mintaqada va global darajada muloqotni kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini ilgari surishga, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit va biologik xilma-xillikning tanazzulga yuz tutishi, Orol dengizining qurishi kabi transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi ishida ishtirok etadi | Zamon.uz