Siyosat

"Bo‘zatovda azaldan mirishkor odamlar yashaydi. Yeri unumdor, sho‘ri yo‘q. Lekin, biroz eʼtiborsiz qolgandi" — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘zatov tumaniga kelib, “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Juginis Jumanazarov xonadonida mehmon bo‘ldi.

"Bo‘zatovda azaldan mirishkor odamlar yashaydi. Yeri unumdor, sho‘ri yo‘q. Lekin, biroz eʼtiborsiz qolgandi" — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Juginis og‘a rafiqasi Salima opa bilan besh qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ular taʼlim, madaniyat, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot sohalarida faoliyat yuritmoqda. Kenja qizi Ulzoda Jumanazorova karate bo‘yicha O‘zbekiston chempioni.

 

 

Davlatimiz rahbari oilaning turmush tarzi, ular timsolida butun bo‘zatovliklarning yashash sharoitlari bilan qiziqdi. 

 

 

Oila tomorqadan unumli foydalanmoqda. Issiqxona tashkil etilgan, mevali daraxtlar va poliz mahsulotlari yetishtirilmoqda. 

 

 

- Bo‘zatovda azaldan mirishkor odamlar yashaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Yeri unumdor, sho‘ri yo‘q. Lekin uzoq yillar imkoniyatlar tahlil qilinmay, biroz eʼtiborsiz qolgandi. Bo‘zatov xalqidan qarzimiz bor edi. Eng yaqin markaz - Kegeyli tumani markazigacha salkam 100 kilometr edi. Endi shu yerning o‘zida sharoit yaratib, davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yib, ish o‘rinlari tashkil etishga harakat qilayapmiz. Tadbirkorlarni ishontirib, subsidiya bersak, infratuzilmani yaxshilab, aholini ko‘chib kelishga jalb etsak, bu hudud katta imkoniyatlarga ega. 

 

Bo‘zatov tumani davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019-yilda qayta tashkil etilgan edi. Keyingi ikki yilda bu yerda ko‘p qavatli uylar, savdo majmualari, ming o‘rinli amfiteatr, sport maydoni, Yoshlar markazi qurildi, yo‘llar taʼmirlandi. To‘qimachilik korxonasi ish boshladi.

 

 

Xonadondan chiqishda bo‘zatovlik ekologlar, mahalliy aholi vakillari bilan muloqot bo‘ldi.

 

- Ichki imkoniyatlardan foydalanib, tinimsiz harakat qilmasak, natija bo‘lmaydi. Shuning uchun Bo‘zatov tumanini rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilish maqsadidamiz. Masalan, tumanda 11 ming gektar unumdor yer foydalanilmay turibdi. Endi bu joyni ilg‘or viloyatlardan biriga biriktirib, nasoslarini tiklab, yaxshi nasl va navlar olib kelib, yetishtirilgan mahsulotlarni sotib oladigan tizim tashkil etamiz, - dedi Prezident.

 

Bo‘zatovliklar hududdagi o‘zgarishlarni aytib, bu boradagi eʼtibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 21-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kelgani haqida xabar bergandik.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

"Bo‘zatovda azaldan mirishkor odamlar yashaydi. Yeri unumdor, sho‘ri yo‘q. Lekin, biroz eʼtiborsiz qolgandi" — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz