Eng dolzarb

Archa chopishning “narxi” qancha?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, o‘tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan.

Archa chopishning “narxi” qancha?

 

 

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida har bir hudud uchun mos bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirish zarurligini taʼkidlagandi.

 

Misol uchun, Andijon, Paxtaobod va Marhamat tumanlarida 30dan ziyod pavlovniya yetishtiruvchi xo‘jaliklar tashkil etilgan va hozirda ular 5 million dona ko‘chat ekishga tayyor.

 

Urf-odatlarimizga ko‘ra, oilada farzand tug‘ilsa, unga atab nihol ekiladi. Voyaga yetguncha, yosh nihollar ulkan daraxtlarga aylanib, karbonat angidridni biz nafas oluvchi kislorodga aylantirib beradi. Biroq so‘nggi vaqtlarda daraxtlarni asossiz kesib tashlash holatlari bot-bot takrorlanishi dilni xira qilmoqda.

 

Xususan, Angren shahrida yashovchi fuqaro R.P. tomonidan hududning “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Konchi” ko‘chasidagi noturar binoni rekontruksiya qilish jarayonida 1 tup archa daraxti ildizi bilan chopib tashlangan.

 

Mazkur holatni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Angren shahar inspeksiyasi, shahar IIB, Ekopartiyaning hududiy kengashi masʼullari joyiga chiqib o‘rgangani maʼlum bo‘ldi.

 

Qayd etilishicha, ushbu ish yuzasidan fuqaro R.P.ga nisbatan  Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda daraxtlar, butalarni, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish uchun javobgarlik mavjud. Bunda fuqarolarga 2 million 450 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 3 million 675 ming so‘mgacha jarima belgilangan.

 

Bundan tashqari, kim qonunni buzib, davlat tomonidan qo‘riqlanayotgan daraxtni kesadigan bo‘lsa, undan belgilangan jarimaning 20 barobari miqdoridagi to‘lov undiriladi. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 162-moddasiga muvofiq (“Shaharlardagi daraxtlarni shikastlantirish yoki ularni o‘zboshimchalik bilan kesib tashlash”) fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha (maksimum 2,2 million so‘m yoki 220 AQSH dollari), mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha (maksimum 4,4 million so‘m yoki 440 AQSH dollari) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Avvalroq, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024yilga qadar uzaytirilishi, Denovda 857 tup daraxt kesilgani va o‘simlik dunyosiga 329 million so‘m zarar yetkazilganiBo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlangani, shu bilan birga daraxtning tanasi eʼlon yoki reklama qoqiladigan joy emasligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida daraxtlarga reklama o‘rnatish bo‘yicha aniqlangan 1 300 dan ortiq holatdagi reklamalar olib tashlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"