Lifestyle

Bekzod va Nigoraning fotosessiyasi namoyish etildi

Bekzod haqiqiy oila boshi, Nigora esa latofatli kelinchak.

Bekzod va Nigoraning fotosessiyasi namoyish etildi

 

 

Avvalroq, Tokio 2020 Olimpiada o‘yinlarining bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonov va bayroqdorimiz Nigora Tursunqulovaning muhabbat tarixi hamda yoshlarning nikoh to‘yida Prezident sovg‘alar  yuborgani haqida xabar bergan edik.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki yoshning taxminlarga ko‘ra, FHDYO marosimiga oid rasmlari paydo bo‘ldi.

 

 

Suratlarda Bekzodni haqiqiy oila boshi, Nigorani esa latofatli kelinchak obrazida ko‘rish mumkin.

 

 

Maʼlumot o‘rnida, Bekzod Abdurahmonov Zamon.uz‘ga bergan intervyusida Nigora bilan Rio-2016 Olimpiada o‘yinlarida tanishgani va xarakterlari o‘zaro mos tushganini aytib o‘tgandi.

 

Shuningdek, Bekzod “Qandaydir mehr bizni bir-birimizga bog‘lab turadi”, — deya qayd etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bekzod va Nigoraning fotosessiyasi namoyish etildi