Salomatlik

Аyni kunlarda grippga qarshi vaksina olish to‘g‘ri tanlov

Kuz mavsumi boshlandi. Maʼlumki, havo harorati pasaygani sabab turli xil kasallik va virusga chalinish holatlari ortadi.

Аyni kunlarda grippga qarshi vaksina olish to‘g‘ri tanlov

 

Gripp va O'RVI ham shular jumlasidan. Ayni vaqtdagi pandemiya holati sabab mazkur viruslardan himoyalanish muhimdir.

 

Milliy emlash kalendariga asosan grippga qarshi emlash jarayonlari sentyabr-oktyabr oylaridan mart oyiga qadar davom etishi belgilangan.

 

Gripp fuqarolar orasida qo‘rqinchli kasallik sifatida ko‘rilmasa ham, o‘z vaqtida davolanmasa, organizmda turli xil asoratlar qoldirishi mumkin.

 

Kasalni davolagandan ko‘ra, uni oldini olgan maʼqul. Shu bois kasallikning avj olib ketmasligi uchun vaksina ishlab chiqilgan. Vaksina kasallikdan butkul himoya qiladi, degani emas. Organizmni tashqi omillardan himoyalash odamni o'ziga bog'liq. Grippga qarshi vaksina yo‘riqnomasida 98 % li himoya ko‘rsatilgan.

 

Yurtimizda turli davlatlardan olib kelingan vaksinalar mavjud bo‘lib, Niderlandiya, Germaniya, Xitoy, Hindiston va Rossiya Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalar samaradorligi eng yuqorilari hisoblanadi. Fuqarolar xohishlariga ko‘ra, qaysi vaksinani olishni hal qilishi mumkin.

 

Barcha vaksinalar singari grippga qarshi vaksina ham odam organizmida 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet hosil qiladi. Taʼsir kuchi 1 yilgacha saqlanib qoladi. Bu kasallikka qarshi emlash orqali aholi orasidagi nafas yo‘li kasalliklarini kamaytirish mumkin.

 

Ko'plab vaksinalarda bo'lgani kabi bu vaksinada ham qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Vaksinatsiya jarayonida shaxsning umumiy salomatligi tekshiriladi. Bu vaqtda emlanadigan fuqaro shamollash, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi kabi kasalliklardan batamom holi bo‘lishi zarur. Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik taʼsirchanlik ham bo`lmasligi kerak. 

 

Gripp tarqalish mavsumida Covid-19 virusi yanada xavfliroq tus oladi. Vaksina koronavirusdan himoya bo‘la olmasa ham gripp bilan bog‘liq asoratlar, shuningdek, kasalxonaga joylashish va xatto o‘lim xavfini ham kamaytiradi. Shu sababdan, ayni kunlarda grippga qarshi vaksina olish to‘g‘ri tanlov hisoblanadi.

 

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Rustam Ikromov bilan hamkorlikda

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi. 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.