O'zbekiston

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etish talabi bekor qilinmoqda. Adliya vazirligi elektron hujjatlarni qabul qilishga oid o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 20-oktyabrda 3958 va 3959-sonlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlar orqali 33 ta idoraviy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ular fuqarolarga hujjatlarning elektron shaklini taqdim etish, tegishli tashkilotlarga esa ularni qabul qilish imkonini beradi.

 

Jumladan, biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, urush qatnashchisi guvohnomasi hamda talabalik guvohnomasining my.gov.uz portali va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasidagi elektron shaklidan foydalanish mumkin.

 

Elektron hujjatlar banklarda bank xizmatlaridan foydalanish va ayrim moliyaviy operatsiyalarda shaxsni tasdiqlash, notarial harakatlarni amalga oshirish, O‘zbekiston ichidagi aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tish kabi holatlarda qabul qilinadi.

 

Shuningdek, raqamli hujjatlardan urush qatnashchilariga kompensatsiya berishda, telekommunikatsiya xizmatlari uchun shartnoma tuzishda, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda donor shaxsini tasdiqlashda, lombardlar bilan shartnoma tuzishda, tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pulli xizmatlardan foydalanishda hamda fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olishda foydalanish mumkin.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yil 27-dekabrdagi 897-sonli hukumat qaroriga muvofiq, shaxsni tasdiqlovchi va boshqa bir qator hujjatlarning yagona raqamli xizmatlari joriy etilgan.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringan.