Siyosat

Jaloliddin Manguberdi majmuasi maʼnaviyat va g‘urur maskani bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi majmuasining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jaloliddin Manguberdi majmuasi maʼnaviyat va g‘urur maskani bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Bu boradagi loyiha Prezidentimizning viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida ko‘rib chiqilgan, mutaxassislar fikrlari asosida takomillashtirilgan edi. Majmua shaharning Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasidagi qariyb 8 gektar maydonda bo‘ladi. Bugungi kunda haykalning asosi qurilmoqda. Bronzadan Jaloliddin Manguberdining ot ustida qilich tutib turgan haykali yasalagan. Uning asosi bilan birga jami balandligi qariyb 25 metr bo‘lib, uzoqdan ham ko‘rinib turadi.

 

 

Qayd etilishicha, davlatimiz rahbari majmua mazmunini boyitish, sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

- Bu yer bilim, maʼnaviyat, g‘urur maskani bo‘lishi kerak. Kelganlar aylanib, hordiq chiqarishi bilan birga Manguberdi bobomiz hayotini yaqqol tasavvur qilishi, bundan ruh olishi kerak. Xiyobon bo‘ylab uning janglari, qahramonliklari haqida lavhlar yozib qo‘yish mumkin. Bu tarixni va chet tillarini yaxshi bilgan gidlar tayyorlash ham zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezidentimiz Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab qurilgan yerosti yo‘lini ham ko‘zdan kechirdi.

 

Taʼkidlanishicha, qurilish ishlari bitgach, hudud obodonlashtirilib, manzarali daraxtlar ekiladi, favvoralar barpo etiladi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari, turizm xizmatlari tashkil etiladi.

 

 

Majmuani ekspluatatsiya qilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bu yerda bayram tadbirlari,  festivallar o‘tkazish uchun ham sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini yakunlagani hamda Amudaryoda qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirgani haqida xabar bergandik.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Jaloliddin Manguberdi majmuasi maʼnaviyat va g‘urur maskani bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz