Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondan Xorazm viloyatiga ketayotib, dastlab Amudaryoda qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga keldi

 

 

Davlatimiz rahbari ushbu ko‘prik loyihasi bilan o‘tgan yili dekabrda Xorazmga tashrifi chog‘ida  tanishgan, ko‘p o‘tmay uning qurilishi boshlangan edi. Bugungi kunda qirg‘oqlar temir-beton bilan mustahkamlanib, ko‘prikning tayanch ustunlari qurilmoqda.

 

 

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, loyihaning qiymati 174 million dollar bo‘lib, uning evaziga 80 kilometrlik temir yo‘l va Amudaryo ustida 413 metr uzunlikdagi ko‘prik barpo etiladi. 

 

 

Prezidentimiz qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.

 

- Bu odamlar uzoq yillar kutgan loyiha. Endi yana-da ko‘p yillar xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun birinchi o‘rinda sifat. Ajratilgan mablag‘ kichkina emas. Tajribali mutaxassislarni jalb etib, har bir jihatni o‘ylab, elimga, yurtimga deb qurish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Bu infratuzilmalarning samaradorligi juda yuqori. Masalan, Xorazm viloyati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi temir yo‘l masofasi 240 kilometrga, vaqti esa 6 soatga qisqaradi. Mahalliy yuk tashish hajmi yiliga 12 million tonnadan 25 million tonnaga oshadi. Shuningdek, xalqaro tranzitlar uchun ham qulaylik kengayadi. Avtomobillar harakati yaxshilanib, aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi.

 

 

Shundan so‘ng Prezidentimiz Urganch shahriga jo‘nab ketdi. Shavkat Mirziyoyev bugun Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini yakunlagani haqida xabar bergandik.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga keldi | Zamon.uz