Siyosat

Prezident Samarqanddagi eng og‘riqli muammolarni sanadi

Xabaringiz bor, ayni damda O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandliklar bilan uchrashuvda hududdagi mavjud bir qator muammolarni sanadi.

Prezident Samarqanddagi eng og‘riqli muammolarni sanadi

 

 

Xususan,

 

— 170 mingdan ziyod aholi doimiy ish o‘rniga muhtoj, 65 mingga yaqin oila doimiy daromad manbaiga ega emas;

 

— Kelgusi 5  yilda 200 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishini ham, hisobga olish zarur;

 

— Samarqand mamlakatdagi aholisi eng ko‘p hudud bo‘lib, kelgusi 5 yilda 4,5 millionga yetadi. Ularga qulay yashash sharoitlarni taʼminlash lozim;

 

— Viloyatning 1,6 million nafar aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan, 6 ming kilometr ichki yo‘llar taʼmirtalab holatda;  

 

— Elektr tarmoqlari eskirgani bois, viloyatda elektr taʼminoti aholi uchun ham, tadbirkorlar uchun ham eng jiddiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda;

 

— Tuman va shaharlarda sanoat bir maromda o‘sayotgani yo‘q;

 

 Ayniqsa, xom-ashyoga boy Qo‘shrabot, Nurobod va Oqdaryo tumanlarida sanoat rivojlanishi ancha orqada;

 

— Viloyatda qishloq xo‘jaligi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand va Urgutning meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarining chorvachilikdagi imkoniyatlari to‘liq ishga solinmayapti;

 

— Ayrim hududlarida sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda; 

 

— Sog‘liqni saqlash obyektlari quvvatini oshirish va ularni zamonaviy jihozlash talab etiladi.

 

   Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgani, SamDUga Sharof Rashidov nomi berilishi hamda Davlatimiz rahbari samarqandlik saylovchilar bilan uchrashgani haqida xabar berilgan.

 

 

                                                          Cho‘lponoy Ahmedova

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident Samarqanddagi eng og‘riqli muammolarni sanadi | Zamon.uz