Ta'lim

Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijarada yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

 

 

Unda aytilishicha, bu tartib ijarada yashaydigan talabalar uchun bo‘lib, ko‘chmas mulk egasi bilan ijara shartnomasi tuzilgan taqdirda, talaba arizasi asosida oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

 

Bunda ariza beruvchi talaba tegishli maʼlumot yoki hujjatlarni o‘zi taʼlim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi dekan o‘rinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshiradi.

 

Masʼullar bir hafta davomida ariza beruvchi maʼlumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini o‘rganadi va ularni umumlashtirib, ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.

 

Komissiya bir ish kunida talabgorlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘rganib chiqib, qaror qabul qiladi.

 

Shunga ko‘ra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar to‘g‘risidagi tegishli maʼlumotlar va ularning ro‘yxati to‘lovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

 

Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.

 

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlar bo‘lsa, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

 

Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bir necha mezon asosida amalga oshadi. Xususan, o‘quv yili davomida, yaʼni har yili 1-sentabrdan 1 iyulgacha yoki o‘qitish dasturi bo‘yicha, o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi. Mazkur to‘lov arizalar har oyning 7-sanasigacha ariza beruvchi tomonidan masʼullarga taqdim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

 

Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

 

Mazkur tizim doimiy yashaydigan hududda taʼlim oladigan talabalar uchun amal qilmaydi. Shuningdek, mazkur tartib davlat OTMlarining faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qib, ijarada yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Bundan oldingi xabarlarda ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — BHMning bir baravari, qolgan hududlarda — BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim deb ko‘rsatilgan.

 

Аvvalroq ijarada turuvchi talabalarni tizimli nazorat qiluvchi mobil ilova yaratilgani, viloyatdan kelgan talabalarning turar-joy qidirib sarson bo‘layotgani hamda "Talabalar shaharchasi"dagi o‘rindiqlarda tunab qolayotgan oliygoh o‘quvchilari haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi | Zamon.uz