Qashqadaryoda “Lacetti”ning gaz balloni portlab ketdi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida harakatlanayotgan “Lacetti”ning gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.


Maʼlum qilinishicha, 29-sentabr kuni soat 08:05 da tumanning Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “Lacetti” avtomobilining gaz ballonida yorilishi yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan.
Maʼlumot uchun, avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda. Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.
«Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qaʼtiy rioya etishlarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, Surhondaryoda “UAZ” avtomabiliga o‘rnatilgan gaz balloni nima sababdan portlagani hamda Navoiyda gaz quyish shaxobchasi portlab ketgani haqida xabar berilgandi.







