Eng dolzarb

O'zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik veb-saytlari bloklandi

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 10 dan ortiq noqonuniy saytlariga kirishni cheklab qo‘ydi. Bu haqda “Spot.uz” xabar berdi.

O'zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik veb-saytlari bloklandi

 

 

Xabarda keltirilishicha, agentlik O‘zbekistonda bukmekerlik xizmati hali ham noqonuniy ekanligini eslatar ekan, endilikda hatto reklamada lotereyalar va bukmekerlar haqidagi maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanganini taʼkidlagan.

 

Shunga qaramay, internetda bukmekerlarning onlayn bozori faol rivojlanmoqda. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xodimlari doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklama maʼlumotlarining qonun talablariga muvofiqligini o‘rganishda davom etmoqda.

 

“Spot.uz” oldingi maʼlumotlariga tayanib yozishicha, O‘zbekistonda xorijiy bukmekerlar vositachilari faollashib, ko‘chalarda pul tikish jarayonining tashqi reklamasi paydo bo‘la boshlagan.

 

Shundan so‘ng, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xodimlari Farg‘ona viloyatida “1xBet” reklamasi yozilgan bir nechta banner va plakatlarni demontaj qilib, tadbirkorlarga ogohlantirish bergan.

 

Bundan oldin bukmekerlik idoralariga qo‘yilgan taqiq ularning mamlakatdagi ishlariga deyarli xalaqit bermasligi aytilgandi. Ammo bukmekerlik tashkilotlari mamlakatdagi aholining talabini ko‘rib, xizmatlarini taklif qilishga shoshilishdi va hatto mahalliy sharoitga moslashishdi.

Ularning ko‘pchiligi mahalliy “Uzcard” va “HUMO” kartalaridan to‘lovlarni qabul qila boshladi.

 

Bukmekerlik idoralari o‘zlarini mamlakatda shunchalik qulay his qilmoqdaki, ular o‘z saytlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishdi. Shuningdek, bu yerda so‘rovlarga javob beradigan, bir nechta tillarda gaplashadigan va bir nechta kanallar orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ishga tushirdi.

 

O‘tgan yili Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev barchasini qonuniylashtirish, kelgusida toza faoliyatni nazorat qilish va taʼminlash maqsadida bukmekerlik idoralarini qonuniylashtirish tartibi qabul qilinganini aytgandi.

 

Bu orada xorijiy bukmekerlik idoralari O‘zbekistonda savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va xodimlarni mamlakatdan qidirishda davom etmoqda.

 

Ular bir necha yillardan buyon bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishga urinmoqda.

 

Maʼlumot uchun: 2021-yil 1-yanvardan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligidan (ARRK) litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berilgandi. Biroq boshqa chora-tadbirlar (qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar) kiritilmadi va keyinchalik agentlik umuman tugatildi.

 

Avvalroq havoga uchgan million dollarlar yoxud onlayn qimor jabrdiydalari, оnlayn qimorda yutqazgan yigit o‘g‘irlik sodir etgani hamda O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy emasligi maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O'zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik veb-saytlari bloklandi | Zamon.uz