Diyetologlar bir finjon qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni aniqladi
Amerikalik diyetologlar bir finjon qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni aniqladi. Bu haqda “She Finds“ sayti xabar bermoqda.


Taʼkidlanishicha, kofein nafaqat tetiklikni oshiradi, balki metabolizmni yaxshilaydi, yog‘ parchalanishini osonlashtiradi.
Mutaxassislar uyg‘ongandan so‘ng och qoringa bir stakan limon sharbati bilan suv ichishni, yarim soatdan keyin - nonushtada bir finjon qahva ichishni maslahat beradi.

Limonli suv uyg‘ongandan keyin oshqozonda ishqorli muhit yaratadi, 30 daqiqadan keyin ichilgan qahva esa ishtahani bo‘g‘adi. Bu esa ertalabda ko‘p ovqat yemaslik imkonini beradi.
Shuningdek, qahva ichak mikrobiomiga foydali taʼsir ko‘rsatadi.

Bundan avval “Caviar“ kompaniyasi qahva hidiga ega iPhone 13 Econi namoyish etgani xabar qilingan edi.
Nasiba To‘xtayeva







