Jahon

Xitoy Hindiston bilan chegaraga katta qo‘shin to‘playapti — Hindiston TIV

Hindiston tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, Xitoy chegarada katta miqdorda harbiy kuch to‘playapti. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xitoy Hindiston bilan chegaraga katta qo‘shin to‘playapti — Hindiston TIV

 

 

Vazirlik rasmiy vakili Arindam Bagchi ikki mamlakat o‘rtasidagi nizoli hudud – Ladakxda Xitoy qo‘shinlari to‘planayotganini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Hindiston bunga nisbatan javob choralarini ko‘rishga majbur.

 

“Xitoy chegara tumanlariga  katta miqdorda qo‘shin va qurol-yarog‘larni joylashtirishda davom etmoqda. Shuning uchun milliy manfaatlar va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Hindiston qurolli kuchlari javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi”, – degan Bagchi.

 

Mansabdor ikki davlat chegarasidagi taranglikka  Pekin javobgar ekanini taʼkidlagan. Bagchi Xitoyning xatti-harakatlari ikki tomonlama tuzilgan barcha shartnoma va kelishuvlarning buzilishiga olib kelganini qayd etgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2020 yil yozida Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi azaliy chegara nizosi qayta avj oldi. Buning oqibatida har ikki davlat chegaraga katta miqdorda kuch tashlagan. Pekin va Dehli Aksaychin hamda Ladakx hududlariga daʼvo qilib keladi.

 

Bundan avval Xitoy mudofaa vazirligi qurollanish poygasi avj olishi haqida ogohlantirgandi. Shuningdek, Vashingtonda “Osiyo NATOsi” uchrashuvi tashkil etilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Myanmada maktabga havo zarbasi berildi: kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Myanmada maktabga havo zarbasi berildi: kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Hujum oqibatida halok bo‘lganlar orasida go‘dak va bir necha maktab o‘quvchisi ham bor.

O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi konsulxonasi Bosh konsulxonaga aylantiriladi: 1-dekabrdan yangi tartib

O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi konsulxonasi Bosh konsulxonaga aylantiriladi: 1-dekabrdan yangi tartib

Qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-logistika hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan.

Rossiyaning 16 ta hududi dronlar hujumiga uchradi: 1 246 ta Ukraina droni urib tushirilgan

Rossiyaning 16 ta hududi dronlar hujumiga uchradi: 1 246 ta Ukraina droni urib tushirilgan

Dronlar xavfi sabab Ufa va bir qator aeroportlarda parvozlar cheklangan.

“TikTok inson miyasini o‘ldirmoqda”: Toqayev yoshlarni ogohlantirdi

“TikTok inson miyasini o‘ldirmoqda”: Toqayev yoshlarni ogohlantirdi

Qozog‘iston prezidenti internet va smartfonlardan to‘g‘ri foydalanish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi.

Elektr, suv va ko‘priklar xavf ostida: Ukraina qiyin qishga duch kelmoqda

Elektr, suv va ko‘priklar xavf ostida: Ukraina qiyin qishga duch kelmoqda

Zelenskiy xavfsizlik sabab boshqa shaharlarga ko‘chishni istagan fuqarolarning qarorini hurmat qilish va ularning hayotini saqlash muhimligini ta’kidladi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarga AQSH nomidan rafiqam boshchilik qilishi mumkin — Tramp

Ukraina bo‘yicha muzokaralarga AQSH nomidan rafiqam boshchilik qilishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv natijasida ko‘plab insonlar qutqarilganini ta’kidladi.

“Tajovuzkor va qotil insonni do‘st deb bo‘lmaydi”: Zelenskiy Trampning Putin haqidagi gapiga munosabat bildirdi

“Tajovuzkor va qotil insonni do‘st deb bo‘lmaydi”: Zelenskiy Trampning Putin haqidagi gapiga munosabat bildirdi

Ukraina prezidenti Trampning Putin bilan do‘stona munosabatini Ikkinchi jahon urushi davrida Gitlerni do‘st deb atashga qiyosladi.

Saratonga qarşi yangi preparat: Bayer eksklyuziv huquqlar uçun milliardlab dollar tölaydi

Saratonga qarşi yangi preparat: Bayer eksklyuziv huquqlar uçun milliardlab dollar tölaydi

Eksperimental preparat keng tarqalgan qattiq ösmalarni, jumladan, kiçik hujayrali bölmagan öpka saratonini davolaşga möljallangan.