Eng dolzarb

“Qamchiq” dovonida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

“Qamchiq” dovonida bugun, 6-oktabr kuni 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

“Qamchiq” dovonida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

 

Maʼlum qilinishicha, ertalab soat 06:20 larda Qamchiq dovonining 199 kilometrida Vodiy — Toshkent yo‘nalishida harakatlangan “Spark” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan. Uning ortidan kelayotgan, “Gentra” avtomobili “Spark”dan qochaman deb, “Cobalt” va “Gentra”ga ham urilgan.

 

"Zudlik bilan Qamchiq MQYOQB qutqaruvchilari, tez tibbiy yordam, YPX, “Qamchiqavtoyo‘l” Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar jarohat olgan fuqarolarni avtomoshinalar ichidan chiqarib olgan", — deyiladi xabarda.

 

 

Qayd etilishicha, “Spark” salonida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lib, yo‘lovchi tan jarohati olgan. “Cobalt”ning haydovchisi o‘ng qo‘l sinishi tashxisi bilan Angren shahar Markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

 

Hozirda shifokorlar ularning ahvoli yaxshilanganini bildirgan. Qolgan avtoulovdagi yo‘lovchi va haydovchilar yengil tan jarohati olgani sabab ularga shu joyning o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

 

Taʼkidlanishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi avtomobil haydovchilari noqulay ob-havo sharoitini inobatga olmay, tezlikni oshirib haydashi oqibatida yuz bergan.

 

Avvalroq Bo‘stonliqda 150 metr balandlikdan “Spark” jarlikka tushib ketgani, Namangan viloyati Pop tumanida “Nexia” yo‘l chetidagi pastlikka qulashi oqibatida yo‘lovchi ayol vafot etgani, shuningdek, Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan “Cobalt” avtomobili ag‘darilib ketgani hamda Qamchiq dovonida “Nexia” yo‘lovchisi pastlikka tushib ketgani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.