Siyosat

"Hududlarda yurishim, odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirish" — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumani “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yo‘ldoshev xonadonida bo‘lib, oilaning turmush sharoitlari bilan tanishdi.

"Hududlarda yurishim, odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirish" — Prezident

 

 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu uy yurtimizdagi obod hovlilardan biri. 10 sotix tomorqada mevali va manzarali daraxtlar, sabzavotlar ekilgan. 30 bosh naslli kurka boqilib, bir yilda 25 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad olinmoqda.

 

 

Davlatimiz rahbari bu saʼy-harakatlarni maʼqullab, mana shunday obod xonadonlar ko‘payishi kerakligini taʼkidladi. 

 

- Hududlarda yurishim, har kungi harakatlarimdan maqsad - odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirish. Ilgari chetga xomashyo sotardik. Hozir hammasini mamlakatimizda qayta ishlab, tayyor mahsulot chiqarayapmiz. Korxonalar ochilayapti, yoshlarimiz, xotin-qizlarimiz ishli bo‘layapti. Bundaylar ko‘payishi, buning uchun rivojlanish mahallada bo‘lishi kerak. Mahalla yaxshi bo‘lsa, davlat kuchli bo‘ladi. Yoshlarni bilimli, aqlli qilib tarbiyalasak, o‘z yo‘lini, ishini topadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Yurtimizga tinchlik, farovonlik tilab, duo qilindi.

 

 

Avvalroq O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi sanoat zonasida partiya faollari, yoshlar va OAV vakillari bilan uchrashgani, “Sirdaryo mega lyuks” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishgani hamda Sirdaryo viloyati taraqqiyoti borasida to‘xtalib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

"Hududlarda yurishim, odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirish" — Prezident | Zamon.uz