Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: "Tadbirkor ham daromad topsin, odamlar ham"

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga kelib, “Sirdaryo mega lyuks” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar ber berdi.

Shavkat Mirziyoyev: "Tadbirkor ham daromad topsin, odamlar ham"

 

 

O‘tgan yili bu yerda polipropilendan katta sig‘imli qoplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. “Yumshoq konteyner” deb ataluvchi bu qoplar 500 kilogrammdan 5000 kilogrammgacha yuk ko‘taradi. Ularga ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo‘jaligi, logistika kabi ko‘plab sohalarda talab yuqori. “Sirdaryo mega lyuks” yiliga 132 million dona shunday mahsulot tayyorlash quvvatiga ega.

 

Yettita korpusdan iborat ulkan korxona izchil rivojlanib bormoqda. Joriy yil may oyida ikki qavatli plyonka tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Yaqin oylarda strech plyonka va spanbond texnologiyasi asosida noto‘qima mato ishlab chiqarish boshlanadi. 

 

 

Hozirda korxonada 2 mingdan ortiq kishi ish bilan taʼminlangan. Mazkur loyihalar to‘liq quvvatga chiqqach, ish o‘rinlari 5 mingga yetadi.

 

Bugungi kunda Rossiya, Isroil, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi 14 ta mamlakatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. Yangi loyihalar bilan birgalikda eksport hajmi 215 million dollarga yetishi mo‘ljallangan. 

 

Davlatimiz rahbariga istiqboldagi loyihalar haqida ham maʼlumot berildi. 

 

 

Unga ko‘ra, kelgusi besh yilda polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha texnopark tashkil etib, umumiy qiymati 350 million dollar bo‘lgan sakkizta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun 260 million dollar investitsiya jalb etilib, Germaniya, Italiya, Avstriya texnologiyasi o‘rnatiladi.

 

Prezidentimiz loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ijtimoiy jihatiga ham alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

 

- Bu mahsulotlarning xomashyosi o‘zimizda, ona zaminimizda. Bundan aql bilan foydalanib, narx va sifat mutanosibligi taʼminlansa, mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘ladi. Faqat iqtisodiy emas, iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar qilish kerak. Tadbirkor ham daromad topsin, odamlar ham, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Zarur mablag‘ yo‘naltirib, ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish, kelgusida ishchilar uchun uy-joylar barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Avvalroq O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi sanoat zonasida partiya faollari, yoshlar va OAV vakillari bilan uchrashgani hamda Sirdaryo viloyati taraqqiyoti borasida to‘xtalib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev: "Tadbirkor ham daromad topsin, odamlar ham" | Zamon.uz