Eng dolzarb

O‘zbekistonlik quruvchilarni Rossiyada “kosmik istiqbollar” kutmoqda

Rossiya qurilishiga, shu jumladan “Vostochniy” kosmodromiga, oktyabr oyida 10 ming o‘zbekistonlik jalb etilishi kutilyapti.

O‘zbekistonlik quruvchilarni Rossiyada “kosmik istiqbollar” kutmoqda

 

 

Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishinning so‘zlariga ko‘ra, quruvchilar shu oyning o‘zidayoq sinov loyihasi doirasida mamlakatga kelishadi.

 

Mutasaddi so‘zlarida davom etar ekan, “Masala yuzasidan O‘zbekistonlik hamkasblarimiz, qolaversa Rostrud va Federal tibbiy-biologik agentligi bilan deyarli har kuni ish olib boryapmiz”, — deya maʼlum qilgan.

 

Muhojirlarni Rossiyaga kelishidan avval “Sputnik Layt” bilan vaksina qilish rejalashtirilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida, mazkur masala bo‘yicha joriy yilning 10-11 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining mehnat migratsiyasi bo‘yicha delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida keng muzokaralar olib borilgandi.

 

Unga ko‘ra,

 

— Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga jo‘natiladigan nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

 

— Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni emlash va koronavirusga qarshi test topshirish jarayonlari ikki davlat mutaxassislari tomonidan Rossiya tomoni tibbiy uskunalari yordamida birgalikda O‘zbekistonda amalga oshiriladi.

 

— Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun patent olishda talab etiladigan daktiloskopik ro‘yxatga va rasmga olish jarayonlarini ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari tomonidan Rossiya tomoni uskunalari yordamida O‘zbekistonda amalga oshiriladi.

 

Avvalroq Rossiyada migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etilgandi. Shuningdek, o‘n ming O‘zbekistonlik yaqin vaqt davomida Rossiyaga ishga jalb qilinishi, Tashqi Mehnat migratsiyasi orqali ishlashga ketgan fuqarolarning noroziligi, Rossiyada yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar 40 yilga deportatsiya qilingani hamda Rossiya migrantlarga yangi majburiyat yuklamoqchiligi haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"