Lifestyle

37 yoshni qarshi olgan Pavel Durov hayotiy qadriyatlar haqida gapirdi

10-oktabr kuni Telegram asoschisi Pavel Durov 37 yoshga to‘ldi. Tadbirkor shu munosabat bilan  shaxsiy Telegram kanalida hayotiy qadriyatlar haqida post qoldirdi. “Men 37 yoshga to‘lganim munosabati bilan uchta qadrlanmagan va yettita o‘ta qadrlanadigan narsalar ro‘yxatini tuzdim”, – degan uning o‘zi.

37 yoshni qarshi olgan Pavel Durov hayotiy qadriyatlar haqida gapirdi

 

 

Telegram asoschisining fikricha, hayotda quyidagi uch neʼmatning qadriga yetilmaydi:

 

  • Uyqu. Uyqu immunitetni, ijodiy qobiliyatlarni va psixologik barqarorlikni oshiradi.
  • Tabiat. Tabiat – biz o‘zimizni yaxshi his qilishimiz uchun zarur bo'lgan muhitdir.
  • Yolg‘izlik. Yolg‘izlik maʼnaviy va intellektual rivojlanish uchun imkon beradi.

 

Durovga ko‘ra, quyidagilarga hayotda haddan tashqari kuchli eʼtibor qaratiladi:

 

  • Katta shaharlar. Ular ifloslanish, shovqin va jinoyatchilikning manbasi hisoblanadi. Uning imkoniyatlaridan foydalanish lozim, ammo iloji boricha shahardan tashqarida yashash kerak.
  • Restoranlar. Restoranlar ovqatlanishning eng sekin va samarasiz usuli hisoblanadi.
  • Issiq havo. Issiq havo saraton va erta qarishga olib keladi. Sovuqroq iqlim tana, ruh va ongni tozalaydi.
  • Moda. To‘xtovsiz o‘zgaradigan tendensiyalarga moslashishga harakat qilish, qimmat, keraksiz va qulay kiyim kiyish hayotni soddalashtiradi, kiyim javoningizda boshqa muhim buyumlar uchun ham joy qoldiradi.
  • Ko‘chmas mulk. Ko‘chmas mulk sotib olish odatda shubhali investitsiya bo‘lib, tanlovni cheklaydi. Ijara esa harakat uchun ko‘proq imkoniyat taqdim etadi.
  • Ijtimoiy tarmoqlar. Ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan “axlat” oqimi baxt va kreativlikni kamaytiradi.Internet-servislarni o‘chirib qo‘yish –– kun davomida qilishimiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi ish.
  • Mashhurlar maslahati. Taniqli insonlar odatda asoslanmagan maslahat beradi. Hayotda muhim qarorlar qabul qilish uchun qatʼiy ilmga va ekspertlar fikriga eʼtibor berish kerak.

 

Bundan avval Pavel Durov 2011 yildan buyon kuzatuv ostida ekanini maʼlum qilgandi. Shuningdek, Telegramda xayriya mablag‘lari yig‘ish imkoni paydo bo‘lgani  xabar qilingan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev

37 yoshni qarshi olgan Pavel Durov hayotiy qadriyatlar haqida gapirdi | Zamon.uz