Habib Nurmagomedovning murabbiyi Bahodir Jalolov haqida nima dedi?
Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Instagramga video-post joyladi.

“Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov esa video ostiga: “Eng yaxshi murabbiy” deb izoh qoldirdi. Shundan so‘ng Xaver Mendes bunga javob tariqasida: “Sizni boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lishingizni orziqib kutaman. Siz bunga 100 foiz erishasiz”.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23 iyuldan 8 avgustga qadar Yaponiyaning Tokio shahrida Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada -91 kg vazn toifasida ishtirok ethan hamyurtimiz finalda AQSHlik Richard Torresni mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Avvalroq, Habib Nurmagomedov qaysi jangini yaxshi ko‘rishi va Konor Makgregorning do‘sti AQSHda hibsga olingani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







