Siyosat

"Bu katta ishlarning birinchi natijalari. Lekin korxonadagi bosqichlar hali oxirgisi emas" — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Merganteks” masʼuliyati cheklangan jamiyatini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bu katta ishlarning birinchi natijalari. Lekin korxonadagi bosqichlar hali oxirgisi emas" — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Davlatimiz rahbari 2017-yilda ushbu korxona negizida paxta-to‘qimachilik klasteri tuzish loyihasi bilan tanishgan edi. Shundan so‘ng uning faoliyatida tub burilish bo‘ldi. 2018-2020 yillarda 22 million dollardan ziyod investitsiya jalb qilinib, Germaniya, Yaponiya, AQSH, Belgiya va Shveysariyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. 

 

 

Bugun korxona paxta xomashyosiga birlamchi ishlov berishdan tortib tayyor kiyim-kechak tikishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab olgan ulkan klasterga aylandi. Bu yerda 880 kishi ishlamoqda. Klaster yiliga 30 ming tonna paxta xomashyosini qayta ishlash quvvatiga ega. O‘tgan yili bu yerda jami 240 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 6 million dollarlikdan ziyod eksport qilingan.

 

 

- Bu katta ishlarning birinchi natijalari. Lekin korxonadagi bosqichlar hali oxirgisi emas. Endi keyingi bosqichlarni o‘zlashtirib, innovatsion texnologiyalarni joriy etib, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ko‘paytirishga harakat qilish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Kelgusi yili klasterda tabiiy  va kimyoviy toladan tayyor kiyimlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Qiymati 25 million dollar bo‘lgan ushbu loyiha natijasida eksport hajmi 30 million dollarga yetishi, qo‘shimcha mingta ish o‘rni ochilishi mo‘ljallangan.

 

 

Davlatimiz rahbariga paxta yetishtirishda qo‘llanilayotgan innovatsion usullar haqida maʼlumot berildi. Klaster tomonidan 1 ming 200 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish joriy etilgan. Natijada suv sarfi kamayib, yerning unumdorligi oshgan. Ayrim fermer xo‘jaliklari paxtadan 70 sentnergacha hosil olgan. Bir tup g‘o‘zada 190 tagacha ko‘sak bo‘lgan.

 

 

Shavkat Mirziyoyev bunday samarali ishlarni davom ettirish, fan va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash, jumladan, xorij tajribasi asosida mahalliy tomchilatib sug‘orish texnologiyasi ishlab chiqarish zarurligini taʼkidladi.

 

 

 

 

 

 

Avvalroq davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lishi haqida xabar berilgandi. 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

"Bu katta ishlarning birinchi natijalari. Lekin korxonadagi bosqichlar hali oxirgisi emas" — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz