Salomatlik

Moderna vaksina ishlab chiqarishni kengaytirishga qaror qildi

Moderna koronavirusga qarshi emlash formulasini dunyo bilan baham ko‘rmaydi, aksincha, o‘zi dori ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Bu haqda kompaniya raisi Noubar Afeyan maʼlum qildi, deb yozadi "Assosiated Press".

Moderna vaksina ishlab chiqarishni kengaytirishga qaror qildi

 

Uning taʼkidlashicha, kompaniya rahbariyati formulani almashish o‘rniga o‘z vaksinasini ishlab chiqarishni kengaytirishga qaror qilgan. Moderna bir yildan kam vaqt ichida ishlab chiqarishni bir milliard dozaga yetkazdi.

 

Biz 2022 yilda preparat ishlab chiqarishni 1 milliarddan 3 milliardgacha ko‘paytirishimiz mumkin,

dedi Afeyan.

 

Uning aytishicha, kompaniya AQSH hukumati bilan hamkorligi tufayli kambag‘al mamlakatlarga katta miqdorda vaksinalar yetkazib bergan. Moderna, shuningdek, hozirda bir qancha kambag‘al mamlakatlarga dori yetkazib berishda yordam berish ustida ish olib bormoqda. Afeyanning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning oxirgi uch oyida 40 million doza vaksina yetkazib beradi, qolgani esa keyingi yilga yuboriladi.

 

Bundan avval Britaniya maxsus xizmatlari Rossiyani AstraZeneca tarkibini o‘g‘irlashda ayblagani haqida xabar berilgandi.

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"