Sport

O‘zbekistonlik 7 nafar sportchida doping aniqlandi

Ularning 3 nafari xalqaro musobaqa ishtirokchisi hisoblanadi Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov maʼlum qildi.

O‘zbekistonlik 7 nafar sportchida doping aniqlandi

 

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan o‘tgan 9 oy davomida barcha sport turlari bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilardan 312 ta doping-sinamalar olindi va 4 ta sportchi taqiqlangan modda isteʼmol qilganligi aniqlandi.

 

Bundan tashqari, 3 ta xalqaro musobaqada ham doping-sinamalarni olish Agentlikka ishonib topshirildi. Natijada, 41 nafar sportchi tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning 3 nafari taqiqlangan modda isteʼmol qilganligi maʼlum bo‘ldi.

 

“Tokio-2020” yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari davomida barcha sportchilar qatori o‘zbekistonlik sportchilardan ham doping-sinamalar olindi.

 

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik olimpiya spotchilarining 16  nafaridan doping-sinama olinib, ulardan 11 tasi musobaqadan oldin tekshirilgan bo‘lsa, 5 tasi bevosita musobaqa finalidan keyingi davrga to‘g‘ri keldi.

 

Taʼkidlanishicha, paralimpiya sportchilarimizdan esa jami 39 ta doping-sinama olingan va ulardan 21 tasi musobaqadan oldin va 18 tasi musobaqa davrini o‘z ichiga oladi.

 

Musobaqadan oldin olingan tezkor doping-sinamalarning barchasida taqiqlangan moddalar aniqlanmaganligi bois sportchilarimiz bahslarda ishtirok etdi.

 

Maʼlumot o‘rnida: musobaqa sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan jahon hamda olimpiya va paralimpiya rekordlarini o‘rnatgan sportchilarimiz doping tekshiruvidan o‘tdi. Odatda, ular tezkor tahlil qilinmasligi bois, natijalar belgilangan muddatlarda eʼlon qilinadi.

 

Bundan avval sportchilarimiz virusdan o‘zini qanday himoya qilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova,

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik 7 nafar sportchida doping aniqlandi | Zamon.uz