Siyosat

Prezident: "Bizning maqsadimiz - o‘zimizning yoshlarni ishlatish, xalqimizga oylik berish"

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident: "Bizning maqsadimiz - o‘zimizning yoshlarni ishlatish, xalqimizga oylik berish"

 

 

Markaz davlatimiz rahbarining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu yerda mehnat bozori talablari asosida xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va texnika sohalardagi o‘ttizga yaqin kasbga tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv va mashg‘ulot xonalari tegishli uskuna, kompyuter, mulyaj va boshqa jihozlar bilan taʼminlangan.

 

 

Davlatimiz rahbari markazdagi mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirdi, yoshlar bilan suhbatlashdi.

 

- Ishsiz fuqarolarimizni kasb-hunarli qilib, hayotga yo‘llanma berish uchun mana shunday sharoitlarni tashkil qilayapmiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bundan unumli foydalanib, kasbni yaxshi o‘rgansangiz, sizlar ish emas, ish sizlarni izlaydi, daromadingiz yuqori bo‘ladi. Necha yoshga kirishidan qatʼi nazar, o‘qigan, izlangan, kasb egallagan odam qadrli bo‘ladi. Men sizlarning shunday qadrli bo‘lishingizni istayman.

Iqtisodiyot tarmoqlarida malakali mutaxasislarga talab oshib borayotgani, bu yerda o‘qigan yoshlar kelgusida ishga olinishi qayd etildi. 

- Juda katta-katta korxonalar quryapmiz, ko‘pida chet eldan kelgan mutaxassislar ishlayapti. Bizning maqsadimiz - o‘zimizning yoshlarni ishlatish, xalqimizga oylik berish. Buning uchun vaqtni bekor o‘tkazmay, o‘zlaringni ham, ustozlaringni ham qiynab, kasbni mukammal egallashingiz kerak, - dedi Prezident.

 

 

Muassasa davlat-xususiy sheriklik tizimida ishlaydi. Davlat sharoit yaratib, ilmiy va moddiy jihatdan taʼminlaydi. Mashg‘ulotlarni amaliyotchilar, tadbirkorlar, zavodlar vakillari olib boradi va keyinchalik bitiruvchilarni ishga oladi. Monomarkaz diplomi kasb-hunar maktablari diplomi bilan bir xil darajaga ega.

 

 

Shuningdek, markazda ingliz, rus, yapon, koreys tillarini o‘qitish kurslari ham ochilgan.

 

 

 

 

 

 

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Merganteks” masʼuliyati cheklangan jamiyatini borib ko‘rgani hamda Namangan shahri Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” sanoat shaharchasida bo‘lib, “Glass yexpo” MCHJ faoliyati bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident: "Bizning maqsadimiz - o‘zimizning yoshlarni ishlatish, xalqimizga oylik berish" | Zamon.uz