Eng dolzarb

Toshkentdan “Tashmore”gacha alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov "Toshkent viloyatida jamoat transporti (keyingi o‘rinlarda BRT deb ataladi) xarakatini halqaro tajribalarni keng qo‘llagan holda yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Toshkentdan “Tashmore”gacha alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

 

 

Hujjatda qayd etilishicha, Architects Engineers Planners Advisors kompaniyasi bilan Toshkent (Bektemir tumani)–Nurafshon–Toshkent dengizi (Tuyabo‘g‘iz suv ombori) yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar avtobus tranziti qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzolangan.

 

Mazkur qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida viloyatga tashrifi chog‘ida berilgan ko‘rsatmalar, shuningdek, Prezident Administratsiyasining mart va iyun oylarida bergan ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilingan.

 

Loyihaning konsepsiyasi allaqachon ishlab chiqilgan Texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun viloyat byudjetidan 6,9 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan.

 

 

Аgar loyiha ishga tushsa, bu O‘zbekistondagi birinchi BRT liniyasi bo‘ladi. 2021-yilning noyabr oyida Prezidentga Toshkentda yettita BRT liniyasini ishga tushirish rejalari taqdim etilgan, ularning to‘rttasi O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida, yaʼni 2021-yil sentyabrigacha ochilishi kerak edi. Mazkur rejalarning qaysi bosqichda ekani nomaʼlum.

 

Avvalroq “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtobuslar Qirg‘izistonga yetkazilishi haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"