Hindiston O‘zbekiston fuqarolariga turistik viza berishni boshladi
Hindistonga sayohat qilmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolaridan talab qilinadigan hujjatlar tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, Hindistonda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishi munosabati bilan mamlakat hukumati xorijiy, xususan, O‘zbekiston fuqarolariga turistik vizalar berishni qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Maʼlum qilinishicha, Hindistonga 2021 yil 15 oktabrdan boshlab charter reyslar orqali faqat guruh bo‘lib sayyohlikni maqsad qilganlar uchun turistik viza beriladi. Sayyohlik maqsadida keluvchi xorijiy fuqarolarga esa 2021-yil 15-noyabrdan boshlab ruxsat beriladi. Chunki amaldagi turistik vizaning amal qilish muddati to‘xtatiladi.
Shuningdek, xorijlik sayyohlar Hindistonga faqat suv yoki havo yo‘llari orqali kirishlari mumkin. Hozircha chet el fuqarolariga sayyohlik vizasi bilan yer nazorat punktlari orqali kirishga ruxsat berilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiyada migratsiya to‘g‘risida yagona hujjat joriy etilishi, Afg‘oniston fuqarolari uchun 8000 ta maxsus immigratsion vizalar tasdiqlangani, hamda AQSH tomonidan vizalar taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







