Jahon chempionati sovrindorlariga pul mukofotlari topshirildi
Bugun Gretsiya davlatida bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi.

Shundan so‘ng sambochilarimiz Turizm va sport vazirligiga taklif etildi va maxsus pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Mukofotlarni Turizm va sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Kasimov topshirdi va sportchilarni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, minnatdorlik bildirdi.
Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan sambochilarimizga 10 million so‘m, kumush medal egalariga 5 million, bronza medali sohiblariga esa 3 million so‘m miqdorida pul mukofoti berildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon chempionatida sportchilarimiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq sambochilarimiz jahon chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritgani va sambo bo‘yicha jahon chempionatini hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli boshlagani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







