Siyosat

“Sputnik”da 149 gektarni o‘z ichiga olgan eski yog‘och uylar  buzilib,  o‘rniga ko‘p qavatli yangi uylar quriladi

Yangihayot tumanining “Sputnik” dahasida 149 gektar hududda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ikki va bir qavatli yog‘och uylar mavjud.

“Sputnik”da 149 gektarni o‘z ichiga olgan eski yog‘och uylar  buzilib,  o‘rniga ko‘p qavatli yangi uylar quriladi

 

 

Bu uylar 1966-yilgi zilziladan so‘ng vaqtincha foydalanish uchun tez fursatda qurilgan. 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi eski uylar bo‘yicha o‘z rejasini maʼlum qildi.

 

— Shahar hududidagi avariya holatiga kelgan, 60-70 yil avval qurilgan ko‘p qavatli uylar o‘rniga zamonaviy turar-joylarni barpo etish bo‘yicha "Renovatsiya dasturi" amalga oshiriladi. Bunda ushbu uylarda yashaydigan aholini rozi qilib, ularga yangi uylardan maqbul takliflar berilishi shart. Biror kishi norozi bo‘lmasligi lozim. Agar o‘sha uylarda yashovchi aholi boshqa hududga ketishni istamasa, yangi qurilayotgan uylardan xonadon oladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Maʼlum qilinishicha, “Sputnik” dahasida yashashga yaroqsiz holga kelib qolgan 400 dan ziyod 1 va 2 qavatli yog‘och uylar o‘rnida yangi ko‘p qavatli uylar qurilib, 4,5 ming oila yangi zamonaviy xonadonlar bilan taʼminlanadi.

 

Munojat Valiyeva

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

“Sputnik”da 149 gektarni o‘z ichiga olgan eski yog‘och uylar  buzilib,  o‘rniga ko‘p qavatli yangi uylar quriladi | Zamon.uz