Lifestyle

Dietologlar ozish uchun go‘shtdan voz kechish tanada qanday o‘zgarishlarga olib kelishini maʼlum qildi

Kundalik hayotimizda deyarli  har kuni go‘shtli taomlar isteʼmol qilamiz. Baʼzan ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun nondan voz kechganimiz kabi go‘sht va go‘shtli taomlarni ham o‘zimiz uchun taqiqlaymiz. Aslida-chi? Bu harakatlarimiz salomatligimizga qay darajada taʼsir qiladi?

Dietologlar ozish uchun go‘shtdan voz kechish tanada qanday o‘zgarishlarga olib kelishini maʼlum qildi

 

Mutaxassislarning fikricha, bir kishi yil davomida 39,5 kilogramm go‘sht isteʼmol qilishi kerak. Bundan tashqari, jismoniy salomatlikning 50 foizi odamning hayot tarziga bog‘liq, yaʼni u ovqatlanish tartibini ham o‘z ichiga oladi.

 

Dietologlar go‘sht mahsulotlaridan voz kechganda tanadagi o‘zgarishlar haqida quyidagi fikrga keldi:

 

 "Bularning barchasi gormonal buzilishlarga olib keladi. Sochlar, milklar, suyaklar, reproduktiv funksiya zararlanadi.  Go‘shtdagi oqsil miqdori inson tanasi uchun nihoyatda foydali, undan qochish  esa anemiya (oqqon) rivojlanish xavfini  oshiradi. Agar go‘sht mahsuloti ratsiondan chiqarib tashlansa,  uning o‘rniga turli o‘simlik, ko‘kat, salatlar isteʼmoli baribir go‘sht oqsilining o‘rnini bosa olmaydi ”.

 

Shuningdek, mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, go‘shtdan voz kechgan odamlar ko‘p qahva va choy ichmasligi kerak. Ikkala ichimlik ham temir moddasining so‘rilishiga xalaqit berishi mumkin. Bu jarayonni normallashtirish uchun “askorbin” kislotasi bo‘lgan ovqatlarni isteʼmol qilish zarur.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  tiniqib uxlashga yordam beradigan 13 mahsulotning orasida go‘sht ham borligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Dietologlar ozish uchun go‘shtdan voz kechish tanada qanday o‘zgarishlarga olib kelishini maʼlum qildi | Zamon.uz