Eng dolzarb

Endi yerosti va yerusti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi

Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Endi yerosti va yerusti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi

 

Qarorga asosan “Toshkent metropoliteni” faoliyatini tubdan  o‘zgartirish  belgilangan. Jumladan, metropolitenning boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, metropoliten tarmog‘ini rivojlantirish, yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga metropolitenning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini va rentabelligini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda AOKAda “Toshkent metropoliteni” DUK mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda maʼlum qilindi. 


Qayd etilishicha, joriy yilning  oxirigacha Toshkent metropoliteni uchun 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi va poyezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Natijada, metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqaradi.


Shuningdek, 2021-yil 1-sentabrdan Chilonzor yo‘nalishi 3 minut va O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha birinchi marta 4 minutda ishlash tashkil qilinishi evaziga yo‘lovchilarni manzilga yetkazish vaqti 30 foizga qisqartirildi. Bundan tashqari, zamonaviy reklama vositalari (elektron displey) o‘rnatilishi hisobiga reklamalar soni 3-4 barobarga oshiriladi. Yer osti va yer usti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi va tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi. 

 

Maʼlumot uchun endilikda yer osti va yer usti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi.


Qaror ijrosini taʼminlash bo‘yicha metropoliten boshqarmasida 3 ta yo‘nalishda Ishchi guruhlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborilishi va Toshkentga yangi metro vagonlarining navbatdagi partiyasi kelishi haqida xabar berilgandi.


Shuningdek, 2022 yil 1 aprelgacha yerosti metrosi  ichida ham telefonda gaplashish imkoni paydo bo‘lishi hamda Rossiyadan keltirilgan poyezdlarda  eshiklar kengaytirilib, videokuzatuv kuchaytirilgani haqida xabar qilingandi.

 


Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Endi yerosti va yerusti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi | Zamon.uz