Eng dolzarb

Xalqaro media-хollda O‘zbek tili bayrami o‘tkazildi

Bugun Xalqaro media-хollda Kinematografiya agentligi tomonidan 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni sharafiga hamda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining  32 yilligi munosabati bilan “Qadring baland  bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro media-хollda O‘zbek tili bayrami o‘tkazildi

 

 

Unda kinoijodkorlar, mutaxassislar, OAV vakillari va yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov hamda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev o‘zbek tilini mukammal o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha fikrlarini aytib o‘tishdi. 

 

 

Bayram tadbiri davomida o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk vakili Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi “Yo‘lbars izidan” hujjatli filmi namoyish etildi. 

 

 

Mazkur kinokartina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrifi  va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida yaratilgan. "Xalq yuragi" nomi ostida suratga olingan turkum filmlardan biri. 

 

 

Maʼlumot uchun: senariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher o‘g‘li, postanovkachi operator Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Sanʼat Kenjayev, prodyuser Xurshid Alixo‘jayev.

 

 

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari "Agar o‘zbek tilining boyligini, chiroyini bilishni xohlasangiz, Ibrohim akaga murojaat qilish kerak", deya taʼkidlagandi.

 

Avvalroq Hindistonning Javaharlal Neru universitetida o‘zbek tili kurslari ochilgani, "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" xalqaro ko‘rik-tanlovida britaniyalik Tomas Velsford g‘olib bo‘lgani, axborot-qidiruv tizimlari uchun o‘zbek tilining dasturiy vositasi yaratilgani hamda “Avtobusga sig‘may qolgan harflar yoki biz qayerda xato qildik?" nomli maqola taqdim qilingan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Xalqaro media-хollda O‘zbek tili bayrami o‘tkazildi | Zamon.uz