Eng dolzarb

"Saylovlar o‘tgan deb hisoblanishi uchun yetarlicha ovoz berildi" — Bahrom Qo‘chqorov

Markaziy saylov komissiyasi soat 11:00 ga qadar ovoz bergan saylovchilar ko‘rsatkichini eʼlon qildi.

"Saylovlar o‘tgan deb hisoblanishi uchun yetarlicha ovoz berildi" — Bahrom Qo‘chqorov

 

 

Qayd etilishicha, 24-oktabr kuni soat 8:00 va 11:00 oralig‘ida 6 669 552 nafar saylovchi ovoz berishga ulgurgan. Bu umumiy saylovchilarning 33,6 foizini tashkil etadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96-moddasiga muvofiq, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tgan hisoblanadi.

 

"Demak joriy saylovlar o‘tgan deb hisoblanadi va bu bilan barcha saylov jarayoni ishtirokchilarini tabriklaymiz", - dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 331 377 nafar (31,7 foiz), 

 

Andijon viloyatida 672 733 nafar (37,3 foiz), 

 

Buxoro viloyatida 380 751 nafar (34,2 foiz), 

 

Jizzax viloyatida 276 640 (35,1 foiz), 

 

Qashqadaryo viloyatida 600 528 nafar (32,1 foiz), 

 

Navoiy viloyatida 182 989 nafar (29,4 foiz), 

 

Namangan viloyatida 609 278 (36,8), 

 

Samarqand viloyatida 621 013 nafar (28,3), 

 

Sirdaryo viloyatida 177 338 nafar (35,9 foiz), 

 

Surxondaryo viloyatida 589 739 nafar (40,2 foiz), 

 

Toshkent viloyatida 496 729 nafar (27,6 foiz), 

 

Farg‘ona viloyatida 938 937 (41,1 foiz), 

 

Xorazm viloyatida 346 804 nafar (32,5 foiz), 

 

Toshkent shahrida 444 696 nafar (26,9 foiz) saylovchi saylov huquqidan foydalangan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etgandi.

 

Bundan avval O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov hamda Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Maqsuda Vorisova Uchtepa tumani 116-maktabdagi 206-saylov uchastkasida ovoz bergani haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda 126 yoshli Xuvaydo momo o‘zi tanlagan munosib nomzodga ovoz bergani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

"Saylovlar o‘tgan deb hisoblanishi uchun yetarlicha ovoz berildi" — Bahrom Qo‘chqorov | Zamon.uz