Eng dolzarb

Sharq mamlakatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasining 37 ta xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan 54 ta saylov uchastkalari, xususan, Sharq mamlakatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ish boshladi.

Sharq mamlakatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ish boshladi

 

 

Ovoz berish birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand, Hindiston va Rossiyaning Uzoq Sharqdagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida boshlandi.

 

 

Xususan, O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida tashkil etilgan 13-saylov uchastkasida mahalliy vaqt bilan 8.00da ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ovoz berish jarayoni O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi talablari hamda karantin qoidalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

 

 

Maʼlumot uchun: xorijda yashayotgan fuqarolar ariza asosida, xorijdagi saylov uchastkasidagi (diplomatik yoki boshqa vakolatxonadagi) saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Arizalar yozma va elektron tartibda saylovga 15 kun qolgunga qadar  qabul qilingan. Xorijdagi vatandoshlarimizning saylovga oid savollariga javob berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasining  998 (55) 500-12-00 raqamli ishonch-telefoni ishlab turibdi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, kuzatuvchilardan biri afg‘onistonlik Nuri Husayn Ali, Tojikistonlik kuzatuvchi hamda Pokiston mamlakati kuzatuvchisi Tezeen Akhtar O‘zbekiston Prezidenti saylovi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishgandi.

 

Bundan avval saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshgani, bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilar uchun eslatma, Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha 10 mingdan ortiq saylov uchastkasi tuzilgani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Sharq mamlakatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ish boshladi | Zamon.uz