Eng dolzarb

Genadiy Bessonov, Rossiya Federatsiyasi kuzatuvchisi:

Saylov haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

Genadiy Bessonov, Rossiya Federatsiyasi kuzatuvchisi:

 

 

— Saylov kuni bir qancha saylov uchastkalarida bo‘ldik. Men qayerda bo‘lgan bo‘lsam, birinchi navbatda tayyorgarlik jarayoniga  eʼtibor qaratdim. Tashkilotchilar saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rganini eʼtirof etmaslik mumkin emas. Saylov uchastkalarida saylovga doir barcha maʼlumotlar mavjud, saylovchilar ro‘yxati ilingan, tibbiyot xonasi, hatto bolalar uchun ham maxsus joylar qilinganiga guvoh bo‘ldik. 

 

Kuzatuv jarayonida nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishdim. Har bir nomzod mamlakat buguni va kelajagiga doir dolzarb masalalarni ko‘tarib chiqqan.  


Saylov ko‘tarinki ruhda, faollik va uyushqoqlik bilan o‘tdi. Odamlar unda emin-erkin ishtirok etib, o‘zi xohlagan nomzodga ovoz berdi. Bir qancha saylovchilar bilan bevosita suhbatlashdim. Ularning hech biri ovoz berishga majburan kelmaganiga amin bo‘ldim. Eʼtibor bering, soat kunduzi 11 bo‘lmay ayrim hududlarda 40 foiz aholi saylovda o‘z ovozini berib bo‘lgan edi.  

 

Men bugun vaziyatni bilish uchun O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi bilan  telefon orqali suhbatlashdim. U menga Koreyada saylov faol va uyushqoqlik bilan o‘tgani, sanash ishlari tugab, maʼlumotlar yuborilganini aytdi. Sanoqli soatlardan keyin umumiy natija eʼlon qilinadi.

 

 

Munojat Valiyeva

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Genadiy Bessonov, Rossiya Federatsiyasi kuzatuvchisi: | Zamon.uz