Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidentini samimiy qutladi
Bo‘lajak muloqotlar, shu jumladan mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.


Bugun, 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutladi. Yurtimizni modernizatsiya qilish va uning xalqaro nufuzini yuksaltirishga qaratilgan samarali islohot va yangilanishlar davom ettirilishi tilandi.
Bo‘lajak muloqotlar, shu jumladan mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 4-5 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi rasmiy tadbirlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingandi.
Avvalroq MSK prezident saylovlarining dastlabki natijalarini eʼlon qilgandi.
Bundan avval Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hamda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyev Prezident saylovida erishgan g‘alabasi bilan samimiy qutlashgani haqida xabar berilgandi.







