Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.


Elboshi O‘zbekiston Prezidenti kuni kecha bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovida erishgan g‘alabasi bilan chin dildan muborakbod etib, birodar o‘zbek xalqining farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ctrategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash hamda xalqaro siyosatga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi ulkan hamkorlik salohiyatini ishga solishga xizmat qiladigan yirik qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga muhim eʼtibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagani va Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni Prezident saylovida erishgan g‘alabasi bilan samimiy qutlagani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







