Siyosat

"Saylov natijalarini to‘la tan olamiz". Nomzodlar Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Saylov jarayonlari ortda qoldi. Mag‘lub partiya nomzodlari 80.1 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi.

"Saylov natijalarini to‘la tan olamiz". Nomzodlar Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

 

Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod bo‘lib, yakunda ikkinchi o‘rinni egallagan Maqsuda Vorisova Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan qutladi.

 

- Biz buni xalqimizning siyosiy irodasining amaldagi ifodasi deb bilamiz va saylov natijalarini to‘la to‘kis tan olamiz. Biz xalqimizning ushbu tanlovini xurmat qilamiz va qadrlaymiz, – dedi Maqsuda Vorisova.

 

Shuningdek, “Milliy tiklanish” partiyasidan Prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Alisher Qodirov ham saylov yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan brifingda Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabriklagan.

 

- Bu galgi saylov oldingilaridan tubdan farq qilganligini takror-takror aytib kelyapmiz. Mazkur saylov men uchun, albatta, katta bir hayot maktabi bo‘ldi. Biz joylarda odamlar bilan ochiq muloqot qilib, o‘zimizning fikrlarimizni, g‘oyalarimizni tushuntirishga harakat qildik. O‘ylaymanki, bunga biz qaysidir maʼnoda erishdik, – deydi Alisher Qodirov.

 

Shuningdek, Ekologik partiyadan Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov ham saylovni natijalarini xalqimiz xohish irodasi hamda tanlovi sifatida hurmat qilishini va bu natijalarni to‘lig‘icha tan olishini taʼkidlagan.

 

- Fursatdan foydalanib, saylovchilarning 80,1 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yuksak lavozimiga saylangan O‘zbekiston tadbirkorlari va ishbilarmonlari harakati – Liberal-demokratik partiyasidan nomzod hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni o‘zim va partiyadoshlarim nomidan chin dildan tabriklayman, - dedi Narzullo Oblomurodov.

 

Boshqa partiya rahbarlari kabi “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi, partiyadan saylovda nomzod sifatida ishtirok etgan Bahrom Abduhalimov ham saylov jarayonlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

 

Partiya rahbari ushbu Prezidentlik saylovi ilk bor Saylov kodeksi asosida tashkil etilgani bilan ham ahamiyatli bo‘lgani, tenglik, ochiqlik va oshkoralik, ko‘ppartiyaviylik, muqobillik, kuchli raqobat ruhida kechgani haqida gapirgan.

 

 

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

Raislik konsepsiyasi doirasida 100 dan ortiq chora-tadbir ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining maslahat uchrashuvi hamda MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.