Siyosat

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Bugun, 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

 

 

Qayd etiliishicha, Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ishonchli g‘alab qozongani bilan iliq qutlab, do‘st O‘zbekiston xalqiga katta muvaffaqiyatlar, farovonlik va ravnaq tiladi.

 

Ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

 

Taʼkidlanishicha, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishi davomida istiqbolli kooperatsiya loyihalari va dasturlarini tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MSK prezident saylovlarining dastlabki natijalarini eʼlon qilgani haqida xabar berilgandi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi | Zamon.uz