Yanush Pexochinsskiy, Polsha davlati kuzatuvchisi:
O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

—Men 3 yil davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiyotni rivojlantirish komissiyasini boshqarganman. O‘zbekistonga turli tadbirlar sababli ko‘p kelganman. Bizni quvontiradigan jihat shundan iboratki, Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va aloqalar tobora rivojlanib bormoqda
Shu bois O‘zbekistonda bo‘layotgan saylov jarayonlariga befarq emasmiz. Polshadagi o‘zbekistonliklarning deyarli hammasi o‘z ovozini berdi.
Men Samarqanddan bugun ertalab keldim. Samarqandda 12 ta saylov uchastkasida bo‘ldim. Xorijiy kuzatuvchilar saylov jarayonini kuzatishlari uchun barcha imkoniyat yaratib berildi. O‘zbekiston saylov tizimi va prezidentlikka nomzodlar dasturlari bilan batafsil tanishib chiqdim. O‘zbekistondagi saylov tizimi o‘zida saylovchilar huquq va manfaatlarini to‘liq aks ettirgan.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatda saylov tizimi sohasida amalga oshirilgan yangilanishlar saylovlarni tenglik, shaffoflik muhitida, xalqaro huquqning asosiy meʼyor va tamoyillariga to‘la mos holda o‘tkazilishiga mustahkam zamin yaratdi. Mana, hozirgina Markaziy saylov komissiyasi saylovning dastlabki natijalarini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Fursatdan foydalanib bu muvaffaqiyat bilan Prezident va O‘zbekiston xalqini tabriklayman.
Darvoqe, O‘zbekistonga kelishimdan 2 hafta oldin mamlakatingizning Polshadagi elchisi chaqirib, o‘zaro hamkorlikda samarali ish olib borganim uchun meni O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Bu men uchun katta faxr.
Eslatib ўтамиз, Zamon.uz muxbiri Pokistondan kelgan xalqaro kuzatuvchi fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi kuzatuvchisi Genadiy Bessonov hamda “Chelovek i zakon” huquqiy gazetasi bosh muharriri Marat Bashimov saylov haqidagi fikrlari bilan bo‘lishgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







