Ilon Mask qanday markadagi kiyim, poyabzal kiyadi va soat taqadi?
Ilon Mask hozirda dunyoning eng boy odamlaridan biri sanaladi. Uning boyligi ayni kunlarda 300 milliard dollarga yaqinlashmoqda.

Shu bois Space X va Tesla bosh direktorining kiyim-kechaklari, poyabzallari va aksessuarlari qancha turadi va u qaysi brendlarni afzal ko‘rishi ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz.
Ilon Mask o‘zini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydi. Shu bois kiyim tanlashga ham ko‘p vaqt sarflamaydi. Bu borada u Forbes reytingining boshqa yetakchilariga, masalan, Jeff Bezos va Bill Geytsga o‘xshab ketadi.
Maskning odatiy kiyib yuradigan formasi futbolka, jinsi shimlar va ko‘zga tashlanmaydigan krossovkalardir. Biroq u baʼzida bu odatiylikka o‘zgartirish kiritib turadi.
“Givenchy”

May oyida Ilon Mask “Saturday Night Live” tok-shousining suratga olish marosimiga Metyu Uilyamsning “Givenchy” uchun tikilgan ilk kolleksiyasidagi kostyumda keldi. Bu nafaqat yangilik, balki milliarderning dizaynerga ko‘rsatgan yordami va marhamati edi. Taʼkidlash kerak, Maskning aynan shu kiyimdagi chiqishini Youtube‘da 9,5 million odam kuzatgan.
“Belstaff”
Milliarderni teridan tikilgan ustki kiyimda tez-tez ko‘rish mumkin. Yoqasi ko‘tarilgan bayker yoki qo‘y terisi bilan bezatilgan katta o‘lchamli bombardimon ko‘ylagi shular jumlasidan.
Mazkur kiyimlar dizayni muallifini yengidagi naqshdan tanib olish mumkin. XX asrning boshlarida ushbu logotipni ingliz brendi “Belstaff” tanlagan. O‘z vaqida bu brendning suv o‘tkazmaydigan kurtkalarini "Qora ritsar", “Aviator”, “Terminator” filmlari qahramonlari kiygan.
"Nike"
Mask odatda nomaʼlum brendlardan ko‘ra, klassik, past poshnali etik yoki oddiy krossovkalar kiyishni afzal ko‘radi. Biroq 2019 yilda “Tesla Model Y” elektr krossoverining taqdimoti uchun “Nike” kompaniyasiga oyoq kiyim buyurtma berdi. Brend qora piton terisini ifodalaydigan modelini yaratdi. Unda lazer bilan kesilgan qizil rang va Tesla logotipi tushirilgan edi. Milliarder o‘ziga xos yangilikdan shunchalik xursand bo‘lgan ediki, oqibatda sahnadagi chiqishida oyoqlarini ko‘tarib, jangovar harakatlarga taqlid qilgan.
"Tag Heuer"

Ilon Mask taqadigan deyarli yagona soat, bu – “Tag Heuer Carrera Calibre 1887” bo‘lib, u Space X bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Model dumaloq zanglamaydigan po‘latdan ishlangan korpusga ega. Unda arab raqamlari va “Kosmosdagi birinchi shveysariyalik soat” yozuvi tushirilgan. Mazkur soatlar 2012 yildan cheklanmagan miqdorda chiqa boshladi. Uning narxi boshlanishiga 6 ming dollar (420 ming rubl) bo‘lgan.
Shuningdek, Ilon Mask kosmik kordinatalarining suratlari tushirilgan kiyimlarni yoqtiradi. Kostyum yoki kurtkalarining ostidan kiyib yuradigan futbolkalaridagi tasvirlarda o‘sha kordinatalarning naqshinkor tasvirini ko‘rish mumkin. Bunday futbolkalarning narxi 32 dollar turadi.
Milliarder klassik liboslarni kiyishni unchalik xushlamaydi. Bunday kiyimlarda u o‘zni noqulay sezishini ko‘p bor taʼkidlagan.

Bundan avval dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati o‘zgargani, Ilon Mask dunyoni tirbandliklardan xalos etmoqchi ekanligi hamda 2020 yilda Ilon Maskning qancha oylik maosh olgani maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







