Salomatlik

Nega yosh bolalar orasida pnevmoniyaga chalinish holatlari ko‘p uchramoqda?

Bu kabi savollarga bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat SHAMSIYEV javob berdi.

Nega yosh bolalar orasida pnevmoniyaga chalinish holatlari ko‘p uchramoqda?

 

Bugun pnevmoniya kasalligi ko‘pchiligimiz uchun yaxshi tanish. Boisi, so‘nggi paytlarda bu xastalikka chalinish butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham ko‘p kuzatilmoqda. Afsuski, ushbu kasallik bolalarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.

 

Xo‘sh, buning asosiy sabablari nimada? Pnevmoniya yosh bolalarda qanday kechadi? Belgilari va davolash usullari nimalardan iborat?

 

Bolalarda o‘pka kasalliklarining ortishiga sabab...

 

Bu yil yurtimizda yosh bolalar o‘rtasida pnevmoniyaga chalinish holatlari soni birmuncha ortdi. Buni esa butun dunyodagi pandemiya holati, qolaversa, “COVID-19” infeksiyasining yangi shtammlarining paydo bo‘lishi va bu shtammlar bevosita bolalarda ham ko‘p uchrayotgani bilan bog‘lash mumkin.

 

Bundan tashqari, bolalarda o‘pka kasalliklarining ortishiga yana bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Jumladan, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan virusli infeksiyalar ko‘paygan vaqtda bolani shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmasligi, himoyalovchi vositalarni to‘g‘ri ishlatmasligi ularning ushbu xastaliklar bilan kasallanishiga olib kelmoqda.

 

Shu bilan birga, ota-onalar tomonidan farzandini uy sharoitida gripp va o‘tkir respirator kasalliklardan o‘zboshimchalik bilan davolashi, bemor bo‘lsa-da o‘g‘il-qizlarini bog‘cha yoki maktabga yuborishi va bu orqali boshqa sog‘lom bolalarga infeksiyani yuqtirishga sharoit yaratishi, bolada surunkali infeksiya o‘choqlarini vaqtida bartaraf etilmasligi, noto‘g‘ri ovqatlantirish, bolaning ruhiy zo‘riqishi, jismonan chiniqmaganligi, kam harakatligi, uzoq vaqt yopiq xonalarda o‘tirishi hamda virusli kasalliklar epidemiyasi vaqtida vaksinatsiya qilinmasligi ham kasallanishlar soni ortishiga sabab bo‘lyapti.

 

Kasallik kattalarga nisbatan bolalarda ogirroq kechadi 

 

Pnevmoniya kattalarga nisbatan bolalarda bir muncha og‘irroq kechadi. Sababi, ularda immun tizimi yaxshi rivojlanmagan. Shu bois ham bolalarda tana harorati ko‘tarilmasligi mumkin. Bunday holatlarda ota-onadan ziyraklik talab etiladi.

 

Shuningdek, bolalarda mukotsiliar klirens yaxshi rivojlanmagani hisobiga, unda dastlab quruq yo‘tal, so‘ngra, infeksiyaning tezda o‘pkaga o‘tish holatlari kuzatiladi. O‘pka auskultatsiyasida quruq va nam xirillashlar eshitiladi.

 

Bolada ushbu kasallik alomatlari aniqlanganda albatta shifokorga murojaat etish shart. Chunki pnevmoniya kasalligi O‘RVIga nisbatan uzoq davom etadigan kasallikdir.

 

O‘pkadagi yallig‘lanish jarayonini aniqlash maqsadida turli xil tekshiruvlar olib boriladi: qon, siydik tahlili, qonda s-reaktiv oqsil, prokalsitoninni aniqlash, ko‘krak qafasining rentgenografiyasi shular jumlasidandir.

 

Pnevmoniya kasalligida qo‘llaniladigan dori vositalari turli va murakkab xarakterga ega bo‘lib, xastalikning sabablarini yengishga (etiotrop terapiya), kasallik alomatlarini yo‘qotishga (simptomatik terapiya), shuningdek, tana aʼzolari tizimini tiklashga (yordam beruvchi terapiya) qo‘llaniladi.

 

Kasallikni davolash

Kasallikni davolash uchun gipoallergen parhez, kislorod terapiya, havoni namlantirish va xonani shamollatish, vitamin d, immunotsink, virusga qarshi, mukolitik va balg‘am ajratuvchi dori vositalari, ko‘rsatmaga binoan antibakterial davo, periferik qon aylanishni yaxshilovchi dorilar, og‘ir holatlarda immunoglobulin kabi mulojalar olib boriladi.

 

Muayyan kasallikni davolash uchun dori vositalari individual tanlanadi va bemorning tashxisiga, umumiy ahvoliga qarab faqat shifokor tomonidan belgilanadi.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Nega yosh bolalar orasida pnevmoniyaga chalinish holatlari ko‘p uchramoqda? | Zamon.uz