Smartfonni yonga qo‘yib uxlash bir qancha kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan — mutaxassislar fikri
Nevrolog Olga Zinchevaning aytishicha, smartfonlar tungi vaqtda xavfli sanaladi.

Rossiyalik nevropatolog va “SM-Clinic” somnologi Olga Zincheva yotishdan oldin smartfondan foydalanish xavfli ekani haqida fikr bildirgan.
Uning aytishicha, gadjetdan radiochastota nurlanishi inson to‘qimalari tomonidan so‘riladi va salomatlikka salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Nurlanish byepushtlik, saraton, nevrologik va ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Biroq smartfonning tanaga nojo‘ya taʼsiri haqida maʼlumotga ega emasmiz”, - deya qo‘shimcha qildi shifokor.
“Tibbiyot” OAJ shifokor-somnologi Maksim Novikov ham smartfonlarning uyqu jarayoniga qanchalik taʼsir qilishi haqida gapirgan. Mutaxassisning taʼkidlashicha, kechasi uyg‘onganingizda telefoningizni olib, vaqtni tekshirib ko‘rmaslik kerak. Сhunki bu asab tizimini qo‘zg‘atadi va ekrandan yorqin nur dam olish uchun zarur bo‘lgan melatoninni yo‘q qiladi.
"Telefon ekranining nuri ko‘zga, biologik ritmga salbiy taʼsir qiladi, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, ishlash layoqatining pasayishi, xotira buzilishiga olib keladi. Degenerativ ko‘z kasalliklarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi", - deya taʼkidladi Zincheva.
Bundan aval tiniqib uxlashga yordam beradigan 13 mahsulot hamda 7 odat haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







