Salomatlik

Xotira yo‘qolishining yangi sabablari aniqlandi

Yosh o‘tishi xotira pasayishining asosiy sabablaridan biri.

Xotira yo‘qolishining yangi sabablari aniqlandi

 

Yaqindagina tanishgan  yoki ko‘rgan yangiligini unutish, muloqotda zarur so‘zlarni kerakli vaqtda eslay olmaslik miya faoliyatida jiddiy oqsash kechayotgani haqida so‘zlaydi.

 

Yosh o‘tishi xotira pasayishining asosiy sabablaridan biri. Bu haqda qariyalik masalalari bo‘yicha AQSH milliy instituti maʼlum qildi.

 

Mutaxassislarning aniqlashicha, ayrim narsalarni unutib qo‘yish meʼyoriy holat hisoblanadi va bu jiddiy muammolardan darak emas.

 

“Yosh o‘tgani sari tananing barcha aʼzolarida kuzatilgani kabi miya faoliyatida ham o‘zgarishlar yuzaga kela boshlaydi. Oqibatda ayrim kishilar qandaydir yangi bilimlarni o‘zlashtirishlari uchun avvalgidan ko‘ra ko‘proq vaqt sarflayotganlarini his etishadi”, — deydi amerikalik shifokorlar.

 

Xotira sustlashuvi uyquni yomonlashtirishi, kishini asabiylashtirishi va boshning turli jarohatlariga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda vitamin V12ning yetishmasligi buning asosiy omili.

 

Shifokorlarning qayd etishlaricha xotira yomonlashuvi har doim ham esipastlikdan darak bermaydi.

 

Yaqindagina tanishgan  yoki ko‘rgan yangiligini unutish, muloqotda zarur so‘zlarni kerakli vaqtda eslay olmaslik miya faoliyatida jiddiy oqsash kechayotgani haqida so‘zlaydi.

 

Bunday insonlar tanish manzilda adashib qolishlari, kishilarni eslashda chalg‘ishlari mumkin.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Xotira yo‘qolishining yangi sabablari aniqlandi | Zamon.uz