O'zbekiston

Yulduz Usmonova sudda yutqazdi. U shoirga 185 million so‘m to‘laydi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Yo'lchi Ro'ziyevning “Xasta bo‘lma” sheʼrini qo‘shiq qilib ijro etgan.

Yulduz Usmonova sudda yutqazdi. U shoirga 185 million so‘m to‘laydi

 

Aniqlanishicha,  sheʼr muallifi bu sheʼrni o‘z turmush o‘rtog‘iga atab  2016 yilda yozgan.  Uning  so‘zlariga ko‘ra, xonanda qalam haqi evaziga unga sheʼriy to‘plamini chop etilishiga ko‘maklashishni vaʼda qilgan.

Biroq, xonanda shoirning sheʼriy to‘plamini chop ettirish vaʼdasi bilan uni uzoq muddat aldab yurgan.

Shuningdek, 29 oktyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev hamda xonanda Yulduz Usmonova ishtiroki bilan ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sudning yakuniy qaroriga ko‘ra, daʼvo arizasi qisman qanoatlantirildi.

Sudda daʼvogar hisobiga uning maʼnaviy zarari uchun 50 million so‘m hamda BHMning 500 baravari miqdoridagi mablag‘ Yulduz Usmonovadan undirilishi haqida qaror qabul qilindi.

Maʼlumot uchun, shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan 3 yil mobaynida “Xasta bo‘lma” va “Sevgi izhori” nomli sheʼrlari uchun qalam haqi olmayotganini maʼlum qilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonov ustidan sudga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.