Jahon

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini oldi — Lukashenko

Belarus rahbari Jo Bayden AQSh prezidenti bo‘lib qolganida, NATO davlatlari ham mojaroga tortilishi mumkinligini ta’kidladi.

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini oldi — Lukashenko

 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroning kengayishiga yo‘l qo‘ymagani va shu orqali Uchinchi jahon urushining oldini olganini aytdi.

 

U bu haqda Fransiyaning Le Point jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

 

“Donald Tramp bu urushga jiddiy kirishdi. Odamlar unga qanday qarashidan qat’i nazar, u bunga jiddiy yondashadi. Gap shundaki, u eskalatsiyaning oldini oldi, Uchinchi jahon urushining oldini oldi”, — degan Lukashenko.

 

Uning fikricha, agar Jo Bayden AQSh prezidenti lavozimida qolganida, mojaro yanada kengayib, NATO davlatlari ham unga tortilgan bo‘lishi mumkin edi.

 

Belarus rahbari, shuningdek, AQSh Rossiya muzokaralar jarayonini to‘xtatayotganini ko‘rsa, avvalgi ma’muriyat davridagidek Ukrainaga pul va qurol yetkazib berishi mumkinligini aytgan. Aksincha, muzokaralarga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy to‘sqinlik qilayotganini ko‘rsa, Vashington unga yordam berishni to‘xtatishi va Yevropa davlatlariga bosimni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, Tramp hali mojaroni hal qilish uchun amalga oshirishi mumkin bo‘lgan barcha ishlarni qilmagan.

Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi

Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi

Bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 2025-yildagi rekorddan oshishi mumkin.

"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko

"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko

Belarus Prezidenti urushning tugashi tarafdori ekanligini bildirib, Zelenskiyni kelishuvga chaqirdi.

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

AQSh prezidenti muzokaralar natijasi Rossiya va Ukrainaning pozitsiyalariga bog‘liqligini ta’kidladi.

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Jarohatlanganlar orasida xorijliklar ham bor.

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

Tramp ma’muriyatida bu masalada kelishmovchilik bor: ayrimlar zarbalarni qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar tinchlik muzokaralariga zarar yetishidan xavotirda.

Britaniyada jazirama oqibatlari: 5 258 kishi halok bo‘ldi

Britaniyada jazirama oqibatlari: 5 258 kishi halok bo‘ldi

2026-yil yozi 1884-yildan buyon mintaqadagi eng issiq yoz bo‘lgan.

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Vladimir Putin Tojikistonga tashrif buyurdi. Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order berilgan Rossiya prezidentini Dushanbe hibsga olmadi. Buning ortidan Tojikiston Rim statutidan chiqish haqida BMTga rasmiy bildirishnoma yubordi.

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.