Salomatlik

Koronavirusning xotiraga taʼsiri qanday? Bu haqda mutaxassis izoh berdi

Кoronavirus miya tuzilmalariga zarar yetkazadi, uyqu, bezovtalik va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Koronavirusning xotiraga taʼsiri qanday? Bu haqda mutaxassis izoh berdi

 

Aslida, COVID-19 inson xotirasini susaytirishi haqida avval ham eshitgandik. Ammo bu jarayonning kelib chiqish sabablari, qanday kechishi va asoratlari ko‘lami ko‘pchilikka qorong‘u edi. Shu bois rossiyalik nevropatolog N. Boyarinovaning "Izvestiya" nashrida eʼlon qilingan bu boradagi xulosalari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

 

Mutaxassisning aytishicha, koronavirus miya tuzilmalariga zarar yetkazadi, uyqu, bezovtalik va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Qolaversa, COVID-19 uzoq muddatli stress manbai hamdir. Shu sababli bu xastalikni boshdan kechirganlarda tushkunlik, bezovtalik kuchayishi, xotira va boshqa funksiyalar buzilishi kuzatilmoqda.

 

“Stress va xavotir miyaning kortikial qatlami, uzoq muddatli xotiraga masʼul bo‘lgan gippokamp qismi kichrayishi hamda neyronlar zichligi pasayishiga sabab bo‘ladi, — deydi nevropatolog. —  Bu tibbiyotga doir darsliklar va ilmiy maqolalarda ham qayd etilgan”.

 

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus burun bo‘shlig‘idagi hid bilish retseptorlari orqali asab tizimiga kirgach, miyaning turli tuzilmalariga bevosita zarar yetkazishi mumkin. Ular orasida limbik tizim, gipotalamus, miya ustunida joylashgan nafas olish markazi va boshqalar mavjud.

 

Shunga yaqinroq xulosani avvalroq rossiyalik psixiatr Andrey Nazarov ham aytgandi. U koronavirusning qisqa muddatli asoratlari haqida gapirib, COVID-19 tushkun kayfiyat va surunkali charchoqqa sabab bo‘lishini taʼkidlagandi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.